Davra suhbatida qatnashchilar tomonidan Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, urush va mehnat faxriylarining mardonavor jasorati haqida fikrlar bildirildi.

Joriy yilning 8-may kuni Baxmal Axborot-kutubxona markazida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Xotira bor — millat bor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, faxriylarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Davra suhbatida qatnashchilar tomonidan Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, urush va mehnat faxriylarining mardonavor jasorati haqida fikrlar bildirildi.