✅“Do’stlik va hamjihatlik ulug’langan yurt” 29-mart kuni qo’shni mamlakatlar bilan chegaradosh bo’lgan Baxmal tumanidagi "Qutlug’obod" mahallasida “Do’stlik va hamjihatlik ulug’langan yurt” shiyori ostida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

✅“Do’stlik va hamjihatlik ulug’langan yurt” 29-mart kuni qo’shni mamlakatlar bilan chegaradosh bo’lgan Baxmal tumanidagi "Qutlug’obod" mahallasida “Do’stlik va hamjihatlik ulug’langan yurt” shiyori ostida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram millatlararo totuvlik va birdamlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalarini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda turli millat vakillari o‘z milliy urf-odatlari, madaniyati va san’atini namoyish etishdi. Har bir xalqning o‘ziga xos kuy-qo‘shiqlari, raqslari va an’anaviy taomlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.Ushbu tadbirda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi kitoblar ko’rgazmasi bilan ishtirok etdi. Bo’lib o’tgan bayram tadbiri milliy madaniyatlar va an’analarni targ‘ib qilish,qo’shnichilik, do‘stlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.