“Dolzarb 90 kun” yoshlar festivali bo’lib o’tdi.
✅"Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasida 31 iyul kuni Baxmal tuman "Fidokorlar" mahallasidagi 2-sonli politexnikum hovlisida tuman hokimligi,yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi,O’zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo’limi,tuman ayollar va xotin-qizlar bo’limi,ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi,Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda 2-sonli politexnikum hamkorligida “Dolzarb 90 kun” yoshlar festivali bo’lib o’tdi.Ushbu tadbirda chegara qo’shinlari harbiy xizmatchilari o’zlarining harbiy chiqishlarini namoyish etishdi,tumanimiz va viloyatdan kelgan san’atkorlar o’z kuy qo’shiqlarini ijro etishdi. Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi 150 nomdagi badiiy va ilmiy ommabob kitoblar ko’rgazmasi bilan ushbu tadbirda ishtirok etdi.