“Eng irodali ayol — o‘zbek ayoli”
“Eng irodali ayol — o‘zbek ayoli”
10-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 88-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Eng irodali ayol — o‘zbek ayoli” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ustoz ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning matonati va fidoyiligi haqida samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, ustoz ayollar uchun ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar targ‘ib qilinib, kitob mutolaasining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.