“Eng sevimli kitoblarim” mavzusida suhbat tashkil etildi.

#Kitob_va_mutolaa

✅Kitob bizga yaxshilik bilan yomonlikni, halollik bilan hiylani ajrata olishni o‘rgatadi. Ayniqsa, yoshlar uchun kitob – to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi mayoqdir. O‘qigan insonning ko‘ngli yuksaladi, nutqi boyiydi, tafakkuri kengayadi. U boshqalar bilan muloqotda madaniyatli, bilimli bo‘ladi.Joriy yilning 11-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga “Kitob va  mutolaa” haftaligi doirasida 81-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 4-sinf o’quvchilari sayohatga kelishdi.Sayohat davomida o’quvchi yoshlar

 kutubxonada  yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.O’quvchi yoshlar ishtirokida “Eng sevimli kitoblarim” mavzusida suhbat tashkil etildi.