📚"ENG YAXSHI FONDLARNI TO‘LDIRISH, SAQLASH VA ULARGA ISHLOV BERISH BO‘LIMI" TANLOVIGA START BERILDI

📚"ENG YAXSHI FONDLARNI TO‘LDIRISH, SAQLASH VA ULARGA ISHLOV BERISH BO‘LIMI" TANLOVIGA START BERILDI Joriy yilning 14-fevral sanasidan boshlab Axborot-kutubxona fondlarini jamlash, saqlash, kataloglashtirish hamda ularga ishlov berish xizmati bo‘yicha tanlovga start berildi. 🔎 Tanlov quyidagi yo‘nalishlar asosida baholanadi: 1️⃣ Axborot-kutubxona markazi fondini boyitish va saqlash 2️⃣ Fondlarni UDK asosida tasniflash hamda ilmiy-texnik ishlov berish 3️⃣ Yig‘ma elektron katalog — catalog.unicat.uz tizimida bibliografik yozuvlarni standartlar asosida yaratish 📅 Tanlov natijalari joriy yilning 15-dekabr sanasida umumlashtiriladi. 🏆 Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari hamda Faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. 👥 Tashkilotchi: Viloyat axborot-kutubxona markazi 👤 Ishtirokchilar: Tuman axborot-kutubxona markazlarining tegishli bo‘limlari Barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!