“Erkin Vohidov xotirasiga ehtirom”
❇️ “Erkin Vohidov xotirasiga ehtirom” ❇️
✅Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi “Yuksalish” maktabi hamkorligida O‘zbekiston qahramoni,O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan “Erkin Vohidov xotirasiga ehtirom” mavzusida tadbir hamda kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda AKM mutaxassisi tomonidan shoirning hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’lumot berildi.O‘quvchi yoshlar shoirning she’rlaridan mutolaa qilishdi.Namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.