"Ertaklar olamiga sayohat" mavzusida kitob rasmli ko'rgazma va musiqali kecha tashkil etildi.
“Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida joriy yilning 24-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi Davlat Maktabgacha va Maktab ta'limi bo'limiga qarashli 7-sonli bolalar bog'chasida "Ertaklar olamiga sayohat" mavzusida kitob rasmli ko'rgazma va musiqali kecha tashkil etildi.Bolajonlar o'zlari yod olgan she'rlarini aytib berishdi.Sahna ko'rinishlari va kuy qo'shiqlar tadbirga ko'tarinkilik bag'ishladi.Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O'zbek xalq ertaklaridan "Dunyoda yo'q hunar" nomli ertak o'qib eshittirildi. Tadbir qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.




