"Ezgulik-shiorimiz ma'rifat qurolimiz"shiori ostida ma'naviy ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Baxmal tumanida Respublika Ma'naviyat va Marifat markazi Baxmal tuman bo'limi hamda Baxmal tuman Barkamol avlod tashkiloti, Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi, hamkorligida "Ezgulik-shiorimiz ma'rifat qurolimiz"shiori ostida ma'naviy ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda hozirgi o'sib kelayotgan yosh avlod,ayollarning oiladagi o'rni xususida atroflicha ma'lumotlar berildi.Bo'lib o'tgan tadbirda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kitobning mohiyati mangudir" mavzusida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.Tadbirga O'zbekiston Respublikasi Ma'naviyat va Ma'rifat markazi eksperti,O'zbekistonda xizmat kop'rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova hamda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Toshpo'lat Matkarimovlar tashrif buyurdi.Poytaxtdak kelgan sanatkor o'zining kuy-qo'shiqlari bilan tadbirga yanada ko'tarinkilik bag'ishladi.