Faol kitobxonlar burchagi .

#Faol_kitobxonlar_burchagi

✅“Faol kitobxonlar burchagi” o’quvchi yoshlar o’rtasida qiziqish uyg’otdi.

Joriy yilning 26-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan  “Faol kitobxonlar burchagi”da kitobxonlar ishtirokida suhbat tashkil etildi.Ushbu suhbatda  kutubxona mutaxassisi hurmatli kitobxonlar! Siz turgan joy – “Faol kitobxonlar burchagi” bo‘lib, bu yer kitobga mehr qo‘ygan, bilim olishga chanqoq yurtdoshlarimiz uchun maxsus tashkil etilgan. Burchakning asosiy maqsadi – yoshlar va kattalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdir. Ushbu burchakda kutubxonamizda ko’p kitob o’qiydigan,kutubxonadagi turli ma’naviy ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib turli esdalik sovg’alari ega bo’lgan kitobxonlarimizning fotosuratlari joy olgan deya takidladi.