Faol_kitobxonlar_burchagi.
#Faol_kitobxonlar_burchagi
📚 “Faol kitobxonlar burchagi”da samimiy suhbat
Joriy yilning 30-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “Faol kitobxonlar burchagi”da kitobxonlar ishtirokida iliq suhbat bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kutubxona mutaxassisi shunday deya ta’kidladi:
“Hurmatli kitobxonlar! Siz turgan joy — bu “Faol kitobxonlar burchagi”. Bu maskan kitobni sevuvchi, bilim olishga intiluvchi yurtdoshlarimiz uchun maxsus tashkil etilgan. Ushbu burchakning asosiy maqsadi yoshlar va kattalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdir.”
Shuningdek, bu burchakda kutubxonamizning eng faol kitobxonlari — ko‘p kitob o‘qiydigan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda muntazam ishtirok etib, turli esdalik sovg‘alariga sazovor bo‘lgan kitobxonlarimizning fotosuratlari joy olgan.