G‘allakon MFYda ko‘chma kutubxona tashkil etildi
G‘allakon MFYda ko‘chma kutubxona tashkil etildi
Joriy yilning 22-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi G‘allakon mahalla fuqarolar yig‘inida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, aholining badiiy va ma’rifiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida navbatdagi ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi uchun turli mavzudagi badiiy, ilmiy-ma’rifiy va bolalar adabiyotlari taqdim etildi. Ko‘chma kutubxona orqali kitobxonlarga kitob olish va mutolaa qilish uchun yanada qulay imkoniyat yaratildi.
Shuningdek, Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda G‘allakon MFY o‘rtasida ko‘chma kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 1 yil muddatga shartnoma imzolandi.
Mazkur tashabbus mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar va kitobsevarlar orasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.