G'azalxonlik kechasi bo'lib o'tdi.
9-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan mutafakkir shoir, g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan «Kimki insondir, aning mahbubi ham inson erur» mavzusida kitobxonlar klubi a`zolari ishtrokida g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi.O'tkazilgan tadbirda ishtirokchilar shoirning g'azallarini mutolaa qildilar, turli sahna ko'rinishlarini ijro etishdi.

