Gender tenglik.

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahat kengashini tashkil etish to’g’risidagi 73-son buyrug’i ijrosi yuzasidan joriy yilning 31-may kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan davra suhbati tashkil etildi.Ushbu davra suhbatida faoliyati davomida 2004-yil "Shuxrat medali",2017-yil "Mehnat shuxrati ordeni" bilan taqdirlangan,2019-2020 yillar Jizzax viloyati Baxmal tumani hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari jonkuyar,fidoiy ustoz hozirgi kunda tumandagi MMTB ga qarashli 81-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Ziyodullayeva Malohat Egamberdiyevna o'zining hayot yo'li,erishgan yutuqlari haqida suhbat qatnashchilariga so'zlab berdi. Davra suhbati mazmunli bo'lib o'tdi.