#GENDER_TENGLIK
#GENDER_TENGLIK
👬27-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida “Gender tenglik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusida ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar klubi a’zolari ishtirok etib, jamiyat taraqqiyotida ayollar va erkaklar teng huquqliligini ta’minlash, iqtisodiy rivojlanishda gender tenglikning tutgan o‘rni, ayol tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
📚Uchrashuv davomida ishtirokchilar mavzuga oid kitoblar taqdimoti bilan tanishdilar, hayotiy misollar asosida tenglik tamoyillarining amaliy ahamiyati haqida bahs-munozara olib borildi.
Tadbir yoshlarning gender tenglik borasidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, ularda ijtimoiy faollik va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qiladi.