#GENDER_TENGLIK 👬Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglik bo‘yicha aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda jamiyatda tenglik tamoyillarini keng targ‘ib qilish maqsadida “Gender te

#GENDER_TENGLIK

👬Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglik bo‘yicha aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda jamiyatda tenglik tamoyillarini keng targ‘ib qilish maqsadida “Gender tenglik” nomli maxsus burchak tashkil etildi.

 

👥Mazkur burchakda O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlashga oid qabul qilingan qonun va qarorlar, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanmalar, huquqiy adabiyotlar va targ‘ibot materiallari keng jamoatchilik uchun taqdim etilgan. Shuningdek, ayollar faolligini oshirish, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va tenglik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan kitoblar, risolalar ham o‘rin olgan.

 

💫“Gender tenglik” burchagining tashkil etilishi xotin-qizlar va yoshlarning o‘z huquq va imkoniyatlarini chuqurroq anglashi, jamiyatda faol fuqarolik o'rnini  egallashi, turli ko‘rinishdagi kamsitish va zo‘ravonlikka qarshi kurashishda muhim manba bo‘lib xizmat qilada.