Giyohvandlik asr vabosi .

1-28 fevral kunlari “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish ” oyligi munosabati bilan 6-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida  davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati jarayonida giyohvandlikning kelib chiqishi tarixi,giyohvand moddalar va ularning tasniflanishi ,narkomaniya bosqichlari  va ularning salbiy oqibatlari, giyohvandlikning oldini olish hamda ulardan saqlanish haqida ma’lumotlar berildi.Shu bilan birga kitobxonlar bilan ushbu  mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazildi.