Giyohvandlik asr vabosi.
“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish ” oyligi munosabati bilan Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan turli targ’ibot tadbirlari,davra suhbatlari, o‘tkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri joriy yilning 13-fevral kuni “Giyohvandlik asr vabosi” shiori ostida “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Unda AKM mutaxassisi tomonidan yosh kitobxonlarga giyohvand va psixotrop moddalarning inson salomatligiga salbiy ta’siri va uning oldini olish choralari, ogohlik davr talabi ekanligi haqida ma'lumotlar berildi.O’quvchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan kerakli javoblar berildi.