Giyohvandlik umr zavoli.

Giyohvandlikning yoshlar orasida keng tarqalib borayotganligi uning xavfi yanada oshib borayotganidan dalolat beradi. Bu esa oʻsmirlar tomonidan turli xil jinoyatlarning sodir etilishiga va yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi hamda avj olishiga olib kelmoqda.20-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida  “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish ” oyligi munosabati bilan “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Unda giyohvandlikning inson salomatligi uchun o'ta xavfli ekanligi hamda bunday illatlarga yoshlarning  bilib bilmay qo'shilib qolishdan extiyot bo'lishlari haqida kitobxonlarga tushunchalar berildi.Kitobxonlar tomonidan berilgan savollarga AKM mutaxassisi tomonidan kerakli javoblar berildi.