Hayot — inson qalbining eng chuqur kechinmalarini ochib beruvchi kitobdir...

“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi Hayot — inson qalbining eng chuqur kechinmalarini ochib beruvchi kitobdir... ✍️Chingiz Aytmatov 🖌Jamila «Jamilya», «Alvido, Gulsari!», «Somon yo‘li» hamda «Bo‘takuz» qissalaridan tarkib topgan mazkur kitob Chingiz Aytmatov asarlari turkumida chop etilmoqda. Jamilya — katta oilaga tushgan yangi kelinchak. Ammo visol uzoq davom etmaydi. Urush yosh oilaga nafaqat hijron va ayrilik, balki parokandalik olib keladi. Turmush o‘rtog‘ini frontga jo‘natgan kelin erkaklar mehnatini zimmasiga olib, dalaga chiqadi. Go‘zalligi-yu chaqqonligi sabab qaynonasi uni begona ko‘zlardan asrash uchun yoniga «qo‘riqchi» qo‘yadi. Frontdan nogiron bo‘lib qaytgan odamovi Doniyor nimasi bilan Jamilaning sevgisini qozondi? Qaynisi sevimli yangasini akasi tirikligidayoq begona bilan ketishiga nega yo‘l qo‘ydi? Yo‘qsil Doniyor bilan ketib, afsus bilan qaytishini kutgan ovul Jamilya qismatida nimalarga guvoh bo‘ldi? Chingiz Aytmatovning nafaqat ushbu asari, balki Tanaboy va Gulsari, Yer va To‘ltanoy, Abubakr va Kamol obrazlari gavdalangan keyingi qissalarida ham qahramonlar o‘rtasidagi umumiylik va ziddiyatlardan o‘quvchi faqat ijobiy natija kutadi. Asar yakunida esa kutilmagan nihoya yuz ochadi. Bu asar inson qalbining eng nozik torlarini chertgan, sadoqat va muhabbatning abadiy kuchini his ettiruvchi durdona asardir.