“Hilpirayver bayrog‘im” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Hilpirayver bayrog‘im” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 🇸🇱Tadbir davomida bayrog‘imizning qabul qilinishi tarixi, unda aks etgan rang va ramzlarning ma’no-mazmuni keng yoritildi. Ishtirokchilar tomonidan davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida fikrlar bildirildi. 🇸🇱Shuningdek, yosh kitobxonlar tomonidan bayrog‘imizga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi. Tadbir Vatanga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirishga, davlat ramzlarimizga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Xalqimizning g‘ururi bo‘lgan bayrog‘imiz hilpirab, hamisha yurtimiz osmonida baland ko‘tarilib tursin!