“Ijodiy uchrashuv”

“Ijodiy uchrashuv” Joriy yilning 7-yanvar kuni Baxmal tuman axborot kutubxona markazida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tumanimiz adabiy muhitiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan adibimiz “Cho’qqilar sari”,”Jo’shqin qalb”,”Ilk qadam” qissalari, “Hayot jilvalari”hikoyalari, “Xomushlanma Hodivoy” hajviyalar to’plami, “Baxmalda bahor” kabi kitoblar muallifi Yo`ldosh Fozilov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o‘tdi.Uchrashuv davomida Yo`ldosh Fozilov o`zinig hayoti va ijod yo`li haqida qisqacha gapirib o'tdi. Bo’lib o’tgan uchrashuvda adib o’zining yangi nashrdan chiqqan «Baxmalda bahor” nomli kitobini Baxmal axborot-kutubxona markaziga sovg’a qildi.