Ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 25-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o'quv zalida Baxmallik adabiyotshunos Ali Axmurodov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.Ushbu uchrashuvda Ali Axmurodov tumanimiz tarixi va Baxmal tumanidan yetishib chiqqan buyuk kishilar, ya'ni,shoir va yozuvchilar,rassomlar,razvetkachilar va boshqa sohalarda ulkan yutuqlarga erishgan shaxslar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.