INFOLIB O'ZBEKISTON 2024

2024-yilning 24-oktabr kuni Baxmal tuman  axborot-kutubxona markazi   o’quv zalida “INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII Milliy  axborot- kutubxona haftaligi  va “Yangi O’zbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!” Yosh kutubxonachilar IV forumi doirasida  xalq og’zaki ijodidan “Erali va Sherali” nomli yangi nashrdan chiqqan kitob taqdimoti bo’lib o‘tdi.Taqdimotda  axborot-kutubxona markazi mutaxassis xodimlari ushbu kitobning  tarbiyaviy ahamiyati katta ekanligi va inson hayotida  asqotishi haqida gapirib  o’tdi.Shuningdek  ushbu kitobni   kitobxonlarga o‘qishni tavsiya etdi.