📚 “INFOLIB OʻZBEKISTON – 2025” doirasida davra suhbati
📚 “INFOLIB OʻZBEKISTON – 2025” doirasida davra suhbati
2025-yil 14-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasidagi tadbirlar davom ettirildi.
Hafta doirasida kutubxona xodimlari o‘rtasida “Siz o‘qigan kitob” mavzusida qiziqarli savol-javob bellashuvi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — xodimlar o‘qish madaniyatini yanada oshirish, kitobxonlik targ‘ibotini kuchaytirish, shuningdek, o‘z o‘quv tajribalari bilan o‘rtoqlashish orqali bilim va fikr almashinuvi uchun maydon yaratishdan iborat bo‘ldi.
Savol-javob jarayonida ishtirokchilar o‘zlari yaqinda o‘qigan asarlar haqida so‘z yuritib, kitob mazmuni, asosiy g‘oya va qahramonlar xarakteriga oid savollarga javob berdilar. Bellashuv jonli bahs-munozaralar ruhida o‘tdi va har bir xodim o‘zining kitobga bo‘lgan munosabatini, o‘qish orqali olgan taassurotlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ldi.