📚 “INFOLIB OʻZBEKISTON – 2025” doirasida davra suhbati tashkil etildi.
📚 “INFOLIB OʻZBEKISTON – 2025” doirasida davra suhbati
2025-yil 13-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi tomonidan o‘tkazilayotgan “INFOLIB OʻZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchi-yoshlar, kutubxona xodimlari ishtirok etishdi. Kutubxona xodimlari tomonidan yoshlar bilan mazmunli suhbat olib borilib, ularga o‘qishning hayotdagi ahamiyati, kitobning inson tafakkurini kengaytirishdagi roli haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblaridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida kitobga muhabbat, bilimga chanqoqlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.