“INFOLIB – O’zbekiston 2025” haftaligi doirasida “Uchqur lahzalar” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.

📚12-noyabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “INFOLIB – O’zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Baxmal tumanidagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Baxmal zaminida yashab ijod etgan taniqli adabiyotshunos Yo‘ldosh Fozilov qalamiga mansub “Uchqur lahzalar” kitobi taqdimoti tashkil etildi.

Ushbu uchrashuv davomida ishtirokchilar adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, yosh avlodni kitobxonlikka chorlashning ahamiyati, shuningdek, muallifning ilmiy va badiiy izlanishlari xususida fikr almashdilar.