“INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” ✅ “Kitob – ma’naviyat poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

“INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” “Kitob – ma’naviyat poydevori” mavzusida davra suhbati ✅2025-yil 11-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB OʻZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kitob – ma’naviyat poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh kitobxonlar ishtirokida bo’lib o’tdi. Suhbat davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, o‘quvchi dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati hamda mutolaaning ma’naviy boylik sifatidagi qadri haqida so‘z yuritildi. Kutubxona xodimi o’z so’zida kitob inson tafakkurini charxlovchi, uni ezgulikka undovchi bebaho boylik ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarni muntazam kitob o‘qishga, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga chorlab, ular uchun kutubxonada yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Yosh kitobxonlar o‘z navbatida sevimli asarlari haqida fikr almashdilar, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.