📚“INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” yakuni 📚✨
📚“INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” yakuni 📚✨
2025-yil 14-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kutubxona xodimlari, hamda bir guruh faol yoshlar ham ishtirok etib, kitob va kutubxona hayotidagi yangiliklar haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Ularning ishtiroki haftalik ruhini yanada yuksaltirdi.
Haftalik davomida kitob ko‘rgazmalari, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Ushbu jarayonlar kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga, yoshlarni ma’rifatga undashga xizmat qiladi.
📖 Kitob – kelajakni yorituvchi nur, yoshlar esa uning davomchilaridir!