“Inson huquqlari har qanday demokratik jamiyatning ajralmas qismidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Inson huquqlari – bu insonning tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklardir. Ushbu universal huquqlar millati, jinsi, irqi yoki etnik kelib chiqishi, rangi, dini, tili yoki boshqa huquqiy maqomidan qat’i nazar, hech qanday kamsitishlarsiz barcha uchun xosdir. Inson huquqlari yashash huquqi kabi eng asosiy huquqlardan tortib, munosib turmush tarzini ta’minlashga xizmat qiladigan ta’lim olish, mehnat qilish yoki ijtimoiy ta’minot olish kabi huquqlariga qadar barcha huquqlarni qamrab oladi.Joriy yilning 21-may kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “Inson huquqlari har qanday demokratik jamiyatning ajralmas qismidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.