Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar.

✅Joriy yilning 21- yanvar kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan o’quv zalida tashkil etilgan “Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar” burchagidan o’rin olgan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.Ko’rgazma davomida yoshlarga ushbu burchakdan o’rin olgan huquq sohasidagi kitoblar haqida ko’plab ma’lumotlar berildi hamda o’qishlari tavsiya etildi.Kitobxonlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan kerakli javoblar berildi.