"Inson huquqlarining ahamiyati" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 9-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “ Inson huquqlarining ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbati davomida quyidagi ma’lumotlar berildi. Inson huquqlari – bu insonning tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklardir. Ushbu universal huquqlar millati, jinsi, irqi yoki etnik kelib chiqishi, rangi, dini, tili yoki boshqa huquqiy maqomidan qat’i nazar, hech qanday kamsitishlarsiz barcha uchun xosdir. Inson huquqlari yashash huquqi kabi eng asosiy huquqlardan tortib, munosib turmush tarzini ta’minlashga xizmat qiladigan ta’lim olish, mehnat qilish yoki ijtimoiy ta’minot olish kabi huquqlariga qadar barcha huquqlarni qamrab olishi takidlandi.Davra suhbati so’nggida inson huquqlariga oid videorolik namoyish etildi.