“Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish”
“Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish”
✅2-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida kutubxona xodimlari ishtirokida “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — bugungi kunda global tarmoqda kuzatilayotgan ichki va tashqi axborot tahdidlariga qarshi samarali kurashish, kutubxona xodimlarining axborot savodxonligini oshirish, yoshlar ongiga zarar yetkazuvchi zararli oqimlarning oldini olishga qaratildi.
💫Suhbat davomida ishtirokchilar internet orqali tarqalayotgan yolg‘on ma’lumotlar, axborot xurujlari, zararli g‘oyalar hamda ularning oqibatlari haqida atroflicha fikr almashdilar. Shuningdek, foydalanuvchilarga ishonchli manbalardan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlardan ongli va maqsadli foydalanish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.