🌐 Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlarga qarshi kurash — dolzarb masala Joriy yilning 27-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida internet maydonida yuzaga kelayotgan ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni ta’minlash maqsad

🌐 Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlarga qarshi kurash — dolzarb masala Joriy yilning 27-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida internet maydonida yuzaga kelayotgan ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni ta’minlash maqsadida “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar hamda markaz xodimlari faol ishtirok etdilar. Suhbat davomida internet tarmog‘ida uchrayotgan turli zararli axborotlar, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi g‘oyalar, axborot xurujlari va ularning oldini olish choralari haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash, media savodxonlikni oshirish, yoshlarni mustaqil fikrlash va tanqidiy yondashuvga o‘rgatish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.