IV RESPUBLIKA KITOBXONLIK HAFTALIGI ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Bugun 22-aprel Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida
“Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Noshirlar va kitob savdosi tashkilotlari Milliy assosiasiyasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Tadbirni Baxmal tuman AKM xodimi I.Shodiyeva kirish so'zi bilan ochib berdi va qatnashchilarga kitobxonlik haftaligi doirasida o'tkaziladigan tadbirlar haqida ma'lumot berdi.


