Jadidlar merosi — ma’rifat va taraqqiyot yo‘li

Jadidlar merosi — ma’rifat va taraqqiyot yo‘li Joriy yilning 17-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kitob targ‘ibotiga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tashrif davomida o‘quvchilarga o‘zbek jadid adabiyoti namoyandalarining hayoti, ijodiy merosi va ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, jadid bobolarimiz tomonidan yaratilgan, yoshlarni ilm-ma’rifatga, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ezgulikka chorlovchi kitoblar tavsiya qilindi. O‘quvchilarga jadid adabiyotining qimmatli namunalaridan foydalanish, ajdodlarimizning ilm va ma’rifat yo‘lidagi sa’y - harakatlarini chuqur o‘rganish hamda kitobni muntazam mutolaa qilishning ahamiyati tushuntirildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tavsiya etilgan kitoblar haqida fikr almashdilar.