👭Joriy yilning 1-iyun kuni– "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi 11-sonli DMMTT hamkorligida “Kitobsevar bolajon” nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi.

 📚Tadbirning asosiy maqsadi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
 
Tadbir davomida jajji ishtirokchilar tomonidan she’rlar aytildi, qo‘shiqlar kuylanib, raqslar ijro etildi. Shuningdek, bolalar uchun o‘zbek va jahon xalq ertaklari, bolalar adabiyotiga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kitoblar haqida qiziqarli ma’lumotlar berilib, ertak qahramonlari yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan badiiy-musiqiy kecha bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.