Joriy yilning 10-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
💻Axborot texnologiyalari bo‘yicha navbatdagi mahorat darsi o‘tkazildi
Joriy yilning 10-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
Ushbu tadbir Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazining 2024-yil 21-avgustdagi №15-01-03/298-sonli xatiga asosan o‘tkazildi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi — TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Dars davomida xodimlarga amaliy bilimlar berildi, ish jarayonida zarur bo‘ladigan kompyuter dasturlari va raqamli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha tushunchalar kengaytirildi.
Bunday mahorat darslari xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish va kutubxona tizimida raqamlashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.