Joriy yilning 15-may kuni kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida Butunjahon oila kuni munosabati bilan “Oila muqaddas” nomli davra suhbati va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Joriy yilning 15-may kuni kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida Butunjahon oila kuni munosabati bilan “Oila muqaddas” nomli davra suhbati va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir davomida oilaning jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlarimizda oilaga bo‘lgan yuksak e’tibor, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati hamda oilaviy mehr-oqibat haqida fikr almashildi. Kitobxonlar tomonidan oila qadri, ahillik va sadoqat mavzusidagi she’rlar hamda hikmatli so‘zlar o‘qib eshittirildi. Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasidan oila, tarbiya, ma’naviyat va milliy qadriyatlarga oid adabiyotlar o‘rin oldi. Ishtirokchilar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida ma’lumot oldilar. Mazkur tadbir yoshlar qalbida oilaga hurmat, mehr-oqibat va insoniy fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.