Joriy yilning 22-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi 92/55-sonli harbiy qism hamkorligida “Kitobxon ona” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🌸📚 “Kitobxon ona” – ma’naviyat va ziyoning timsoli 📚🌸 Joriy yilning 22-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi 92/55-sonli harbiy qism hamkorligida “Kitobxon ona” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda harbiy xizmatchilar oilalaridan bo‘lgan, kitobxonlikka mehr qo‘ygan onaxonlar turli shartlar asosida o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar o‘zlarining bilimdonligi, zukkoligi, badiiy asarlar haqidagi tushunchalari hamda notiqlik mahoratlarini namoyon etdilar. Tanlov davomida kitobxon onalar nafaqat o‘zlarining kitobga bo‘lgan mehrini, balki farzand tarbiyasida kitobning o‘rni beqiyos ekanligini ham amalda ko‘rsatib berdilar. Ularning chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.