Joriy yilning 27-yanvar kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 81-sonli umumta’lim maktabida yangi nashr etilgan kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi.

Kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi Joriy yilning 27-yanvar kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 81-sonli umumta’lim maktabida yangi nashr etilgan kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga badiiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi adabiyotlar tanishtirildi. Kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Targ‘ibot tadbiri o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va savol-javoblar bilan yanada qiziqarli kechdi.