Joriy yilning 30-iyun kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida yosh kitobxonlar uchun ertak kitoblari taqdimoti tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlarga yangi kelib tushgan qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega ertak kitoblari tanisht

Ertak kitoblar taqdimoti. Joriy yilning 30-iyun kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida yosh kitobxonlar uchun ertak kitoblari taqdimoti tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlarga yangi kelib tushgan qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega ertak kitoblari tanishtirildi. Taqdimot jarayonida kutubxonachilar ertaklarning bolalar tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Yosh kitobxonlar esa o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.