Joriy yilning 31-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida yosh kitobxonlar ishtirokida "Atrof-muhitni asraylik" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📚 "Atrof-muhitni asraylik" mavzusida davra suhbati
Joriy yilning 31-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida yosh kitobxonlar ishtirokida "Atrof-muhitni asraylik" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar bilan tabiatni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni musaffo saqlash hamda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ekologik muammolarning oldini olishda har bir fuqaroning mas’uliyati, daraxt ekish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash va tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Davra suhbati ishtirokchilarda ekologik ong va madaniyatni yanada yuksaltirish, ona tabiatni asrashga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida barchaga tabiatni asrash har bir insonning muqaddas burchi ekanligi yana bir bor eslatildi.