Joriy yilning 4-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq mahallasidagi filialida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Kitob – ezgulik va ma'rifat sari yetaklovchi yo'l" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 "Kitob – ezgulik va ma'rifat sari yetaklovchi yo'l" mavzusida "Kitobxon onalar kuni" tadbiri bo'lib o'tdi
Joriy yilning 4-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq mahallasidagi filialida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Kitob – ezgulik va ma'rifat sari yetaklovchi yo'l" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida 92/55-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilarining oila a'zolari va ularning farzandlari kutubxonaga sayohat bilan tashrif buyurdilar. Mehmonlar kutubxona faoliyati, kitob fondi, zamonaviy xizmatlar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.