🏛Joriy yilning 5-fevral kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, xizmat rahbarlarining faoliyat bo‘yicha hisobotlarini qabul q

🏛Joriy yilning 5-fevral kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, xizmat rahbarlarining faoliyat bo‘yicha hisobotlarini qabul qildi. 📌 Hisobotlarni o‘rganish jarayonida muassasalarning 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari batafsil tahlil qilinib, foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kutubxona fondining holati, raqamlashtirish ishlari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. 📌Muhokamalar davomida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.