📚 Joriy yilning 6-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq QFY dagi filialida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📚 Joriy yilning 6-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq QFY dagi filialida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
✨ Mazkur tadbir kitobxonlar qalbida mutolaaga bo‘lgan mehrni yanada oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida o‘tkazildi. Zero, kitob o‘qish insonning ichki dunyosini boyitib, tafakkurini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi hamda uni har tomonlama yetuk inson bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi.
📖 Ko‘rgazmada mahalliy nashriyotlarning yangi nashrlari bilan bir qatorda jahon adabiyotining sara namunalaridan o‘rin olgan kitoblar namoyish etildi. Ishtirokchilar ushbu adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun qiziqarli va foydali kitoblarni tanlab oldilar.
🌟 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni bilimga chanqoq va intiluvchan etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.