Joriy yilning 6 mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yana bir ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi kitob fondida mavjud bo‘lgan Noila Xolmuhammadning “Onalik maqomi” kitobi ta
📚 Kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 6 mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yana bir ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi kitob fondida mavjud bo‘lgan Noila Xolmuhammadning “Onalik maqomi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbir davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda yoritilgan onalikning ulug‘ fazilatlari, ona va farzand o‘rtasidagi mehr-muhabbat, oiladagi tarbiya va ma’naviy qadriyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar asarda onaning jamiyat va oila hayotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr almashib, kitobdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bunday taqdimotlar kitobxonlarda oilaviy qadriyatlar, mehr-muhabbat va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.