Joriy yilning 7-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning 7-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-46-son qarori hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 25-martdagi 34-sonli buyrug‘i talablaridan kelib chiqib, buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat hamda san’at homiysi — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi. ✨ Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida tarixiy merosimizga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.