📚 Joriy yilning 7-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq QFYda tashkil etilgan filialida “Men ham kitob o‘qiyman”mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi hamda davra suhbati tashkil etildi.

“Men ham kitob o‘qiyman”

 

📚 Joriy yilning 7-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq QFYda tashkil etilgan filialida   “Men ham kitob o‘qiyman”mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi hamda davra suhbati tashkil etildi.

 

✨ Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi. Kutubxonada muntazam ravishda ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, yosh avlodni kitobga oshno qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda .

 

📖 Tadbir davomida turli mavzulardagi yangi va qiziqarli adabiyotlardan iborat kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Yosh kitobxonlar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari haqida fikr almashib, mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati yuzasidan samimiy suhbat olib bordilar.