📚 Joriy yilning 9-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Amir_Temur_690
📚 Joriy yilning 9-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga Amir Temurning boy hayoti, yuksak harbiy mahorati hamda davlat boshqaruvidagi dono siyosati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, buyuk ajdodimizning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan slayd namoyish etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur davra suhbati yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.